“Inter”ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Perishich faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi. Bu haqda myunxenliklar rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: Twitter

“Bavariya” futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga oldi.

Avvalroq “Inter” mazkur kelishuv uchun 5 million yevro olishi haqida xabar berilgandi. “Bavariya” Perishichning ijara muddati tugaganidan so‘ng, uni 20 million yevroga sotib olishi mumkin bo‘ladi.

O‘tgan mavsum Ivan Italiya A Seriyasida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!