AdMe dunyoning turli diqqatga sazovor joylariga sayyohlar oqimining ortishi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini aniqladi.

Xitoy

Foto: AdMe

Buyuk Xitoy devorining uchdan biri saqlanib qolgan, xolos. Uning xarob bo‘lishiga nafaqat vaqt va eroziya, tashrif buyuruvchilar oqimi ham sabab bo‘lgan. Devorning ba’zi qismlari yemirilgan bo‘lib, graffit bilan qoplangan.

Nepal

Foto: AdMe

Everest so‘nggi 10 yilda eng talabgir joyga aylandi. Tog‘ 2019-yilda turistlar tomonidan qoldirilgan 11 tonna chiqindidan tozalangan.

Tailand

Foto: AdMe

Tailand dunyoda plastik chiqindilar bilan ifloslangan joylar top-5 taligidan o‘rin olgan. Tadqiqotchilar tashrif buyuruvchilarning maqbul sonini hisoblab chiqishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda Pattaya yaqinidagi Ko Lan oroliga har kuni minglab odamlar tashrif buyurmoqda.

Gretsiya

Foto: AdMe

Akropolga har yili minglab odamlar tashrif buyuradi. Shu sababdi 1975-yildayoq ehtiyot chorasini ko‘rish boshlangan, lekin o‘sha vaqtdan boshlab uning vayron bo‘layotgani yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bunga sabab bo‘layotgan omillardan biri toshning oyoq ta’sirida yemirilishidir. Buning oqibatida zinalar restavratsiyaga muhtoj bo‘lmoqda.

Portugaliya

Foto: AdMe

Lissabon aholisi turistlar oqimiga qarshidir. Iqtisodiyot mamlakatga tashrif buyuruvchilarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu esa ko‘chmas mulk bozorida chayqovchilikni keltirib chiqarib, mahalliy aholiga ijara haqini to‘lashda qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Bali

Foto: AdMe

Kuta plyaji Balining asosiy turistik yo‘nalishlaridan biridir. Qish oylarida turistlar oqimi ayniqsa kuchayadi va qirg‘oqda bir uyum chiqindilar yig‘iladi.

Islandiya

Foto: AdMe

Islandiyada barcha turistlar ogohlantirilishiga qaramasdan, ularning hammasi ham mamlakat tabiatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lmaydi.

AQSh

Foto: AdMe

Kaliforniya hukumati 2019-yilning mart oyida lolaqizg‘aldoqlar gullashini ko‘rish va ularni suratga olib Instagram’ga joylash uchun qariyb 50 ming turist kelganidan so‘ng Uolker kanyonini yopib qo‘ydi.

Foto: AdMe

Trassada tirbandlik yuzaga kelib, odamlar 1,5 soatlab yo‘lda qolib ketgan. Ayrim turistlar gullarni yulgan, ustidan bosib ketgan, rasmga tushish uchun joy talashib o‘zaro janjallashib ketgan.

Rim

Foto: AdMe

Rimdagi Kolizey amfiteatri dunyoda eng mashhur diqqatga sazovor joydir. Bu yerga 2018-yilda 7,4 million odam tashrif buyurgan. Ba’zan sayyohlar devorlarga o‘z ismlarini toshlar bilan o‘yib yozishga harakat qiladi. Lekin bu yerdagi eng katta muammo graffitdir.

Foto: AdMe

Misr

Foto: AdMe

Minglab sayyohlarning nafasi Misr dahmalariga tuzatib bo‘lmas zarar keltiradi, degan fikr mavjud. Bunga namlik darajasi va zamburug‘lar soni ortishi sabab bo‘ladi, deb qaraladi. Agar vaziyat o‘zgarmasa, Shohlar Vodiysi oradan 150-500 yil o‘tib vayron bo‘lishi mumkin.

Buyuk Britaniya

Foto: AdMe

Stounxenjni tartibga keltiruvchilarga eng qiyin vaqt bu qishgi teng kunlikdan keyingi paytdir. Minglab odamlar bu kunni shu yerda nishonlab, o‘zlarida keyin toshlarda chiqindi, graffit, saqich va boshqa narsalarni qoldiradi.

Yaponiya

Foto: AdMe

Yaponiyaga har yili qariyb 30 million sayyohlar tashrif buyuradi. Eng mashhur joylar bu — Tokio va Kioto. Avtobuslarda odamlar ko‘paygani, chet elliklarning chiqindilarni saralashni xohlamasligi va mamlakat urf-odatlariga rioya qilmaslik kabilardan mahalliy aholidan borgan sari ko‘proq shikoyatlar tushmoqda.

Foto: AdMe

Kioto tarixiy hududida o‘rnatilgan belgi. Unda kimono kiygan ayolga tegish, selfi qilish, ovqatlanish, chiqindi tashlash, chekish va to‘siqqa suyanish taqiqlangan. Surat 2016-yilda olingan.