• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Yulduzlarning yangi turi kashf etildi

    Astronomlar koinotda juda kichik va nihoyatda qaynoq mitti yulduzni aniqladi. U bir necha daqiqalik davriylik bilan miltillaydi; bu uning tashqi qatlamlari muvozanat saqlashga intilayotgani bilan bog‘liqdir. Olimlarning fikricha, bu — yulduzning umri poyoniga yetib borish jarayonida, tabiiy o‘limining to‘xtab qolishi natijasida yuzaga kelgan holat bo‘lib, bunday yulduzlar haqida hozirgacha ilm-fan biror narsa bilmas edi. Katta ehtimol bilan, bu yulduz — yulduzlarning avval fanga ma’lum bo‘lmagan yangi bir turi bo‘lishi mumkin. Har holda olimlar kashfiyot haqida so‘z ochib bo‘ldi.

    Foto: Cambridge University

    Foto: Cambridge University

    Yangi kashf qilingan bunday turdagi yulduzlarni olimlar qaynoq submitti pulsator (hot subdwarf pulsators) deb atashga qaror qilgan. Katta ehtimol bilan, bunday yulduzlar yaqindagina, 2017-yilda kashf etilgan boshqa bir tur yulduzlar — yuqori amplitudali moviy pulsatorlarning qardoshi bo‘lsa kerak, degan taxmin mavjud. Xo‘sh, bu yulduzlar nimasi bilan qiziq?

    Santa-Barbaradagi Kaliforniya universiteti, Nazariy fizika instituti olimi Tomas Kepferning tushuntirishicha, mazkur yulduzlarning qiziq va g‘alati jihati, avvalo ularning pulsatsiyasi chastotasi va kuchida ekan. Aslida, haqiqatan ham aksariyat yulduzlarda pulsatsiya mavjud. Bizga bilinmasa ham, yulduzimiz — Quyosh ham muayyan pulsga ega. Astronomlar kuzatgan eng katta yorqinlik o‘zgarishi amplitudasiga ega yulduzlar odatda radial pulsatorlar bo‘ladi va ularda xuddi nafas olib-chiqarib turgandek, hajm kattalashib va kichrayib turadi. Quyoshning puls sikli qariyb 11 yil bo‘lib, bu vaqtda yulduzimizning yorqinligi atigi 0,1 foizga o‘zgaradi xolos. Shu sababli ham biz uni umuman sezmaymiz ham. Aynan shu tufayli Quyosh pulsator yulduz hisoblanmaydi.

    Pulsatorlarning yorqinligi esa, hajmi va haroratiga bog‘liq ravishda, 10 foizgacha o‘zgarishi mumkin. Eng katta puls bilan o‘zgaruvchi yorqinlik qo‘shaloq yulduzlarda kuzatiladi. Bunda esa mantiq juda oddiy: unda ikkala yulduz, umumiy massalar markazi atrofida katta tezlik bilan aylanayotgan bo‘ladi. Qo‘shaloq yulduzlarning yorqinligi taxminan 5 foiz atrofida o‘zgarish bilan har 200—475 soniya orasida davriy puls namoyon qiladi.

    Shu sababli ham yaqinda Zwicky Transient Facility jamoasi tomonidan kashf qilingan va g‘alati pulsatsiyaga ega bo‘lgan to‘rtta yangi yulduzning hech biri qo‘shaloq yulduz emasligi istisno qilingach, tahlillar natijasida astronomlar submittilarning mutlaqo yangi turini kashf etganini fahmlab qoldi. Ular B spektral sinfiga mansub mitti yulduzlardan bo‘lishi mumkin ekan.

    Bu sinfga mansub submitti yulduzlar favqulodda qiziq obyektlardir. Ularning o‘lchami juda kichik bo‘lib, taxminan Quyosh hajmining 10 foizi atrofida bo‘ladi. Shunga qaramay, bu mitti yulduzlar juda katta zichlikka ega bo‘lib, ushbu kichik jussada Quyosh massasining 20 foizidan 50 foizigacha teng bo‘lgan miqdordagi massa jamlangan bo‘ladi. Boz ustiga, ulardagi harorat favqulodda baland bo‘lib, spektrning ko‘k qismiga mos keladi va 20000 Kdan 40000 Kgacha haroratga ega bo‘ladi. Shu sababli bunday mittilar juda kuchli yorqinlikka ega bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, evolyutsiya zanjiridagi vafotiga yaqin muddatdagi massasi Quyosh massasidan sakkiz barobardan katta bo‘lmagan yulduzlar oxir-oqibat shunday qaynoq submitti pulsatorga aylanar emish. Bunday yulduzlarda vodorod yoqilg‘isi tugab borayotgan vaqtda ular geliyni yoqishni boshlaydi va shishib, qizil gigantga aylanishni boshlashi kerak. Lekin B sinfga mansub submittilarda vodorodning tashqi qatlamlari qandaydir hozircha tushunarsiz omil evaziga qayta ichkariga tortilib, hajm yana kichrayib borishi aniqlangan. Shu tariqa, u yulduz qizil gigant sifatida shishib, oxiri katta chaqnash bilan portlash o‘rniga, aksincha, yana hajman kichrayib, o‘ta zich mitti moviy yulduzga aylanadi. Ularning ayrimlari esa, yuqoridagi singari, kuchli pulsatsiyaga ega bo‘ladi.

    Shunday yulduzlardan biri V361 Hya o‘zining ichki bosimi sababidan pulsatsiyalanadi; V1093 Her yulduzi esa gravitatsion to‘lqinlar ta’sirida puls beradi. Kashf qilingan yangi yulduzlar — qaynoq submitti pulsatorlarning puls berishiga aynan nima hodisa omil bo‘layotgani borasida astrofiziklarning o‘zida ham qaynoq munozaralar boshlanib ketgan. Lekin hozircha biroz dadilroq ko‘rinayotgan farazlarning biriga ko‘ra, bunday katta tezlikdagi pulsatsiya yulduz qa’rida sodir bo‘layotgan beqaror radial tebranishlar sababidan bo‘lib, buni yulduz yadrosida tobora yig‘ilib kelayotgan og‘ir element — temir asosidagi energetik qatlam keltirib chiqarayotgan bo‘lishi mumkin ekan. Yana bir taxminga ko‘ra, yulduz yadrosida nimadir bo‘lyapti. U yerda vodorod emas, nisbatan sovuqroq bo‘lgan geliy yonayotgan bo‘lishi mumkin ekan. Hajmning bu qadar kichrayib, mittilashib ketishining sababi esa, bunday yulduzlarda geliy yona boshlaydigan darajada qizib olishidan avval tashqi qatlam kosmosga tarqab ketib bo‘lar ekan va shu sababli so‘nggi bosqichda, qizigan geliydan iborat mitti yadroning o‘zi qolarkan. Bu jarayonni kichik massali va yadrosi nisbatan sovuq geliydan iborat yulduzlar pulsatsiyasini kompyuterda modellashtirib ko‘rish orqali amin bo‘lishgan.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    06.08.2019, 19:02   Izoh (0)   53820
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30

    Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 4-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:00

    Amerikaliklarning qariyb 40 foizi Maskning yangi partiya tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 4 iyul, 22:40

    Maosh kuniga 75 yevro: o‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga chaqirilmoqda

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:25

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:11

    Superliga. “So‘g‘diyona” Jizzaxda “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

    Sport | 4 iyul, 22:09

    AQSHda 400 yilga nohaq hukm qilingan shaxsga qariyb 2 mln dollar tovon to‘landi

    Dunyo | 4 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.