Buxoro viloyatining Romitan tumanida yashovchi G.T. uch nafar farzandiga aliment to‘lamaganligi uchun jazoga tortildi.
MIB viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, byuroning Romitan tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2010-yil 1-iyuldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Gulchiroy Tosheva (ism-familiyalar shartli)dan Qodir Matyoqubov foydasiga uch nafar farzandi ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud edi.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor ona bir necha bor ogohlantirilgan. Ammo G.Tosheva aliment pullarini to‘lashdan qochib yurgan. Uning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 82.487.000 so‘mni tashkil etadi.
G.Tosheva Romitan tuman ma’muriy sudi tomonidan MJtKning 474-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga sud tomonidan 5 (besh) sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh (0)