Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Papua Yangi Gvineyaning Goroka shahridagi kasalxonada 35 nafar bemor vafot etdi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari bilan birga voqea yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Aynan qanday infeksiya odamlar hayotiga zomin bo‘lgani hozircha noma’lum. Bemorlarning kamida 8 nafari oddiy antibiotiklarga chidamli bo‘lgan klebsiyella bakteriyasidan vafot etgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.

Gubernator Piter Numu kasalxonada zudlik bilan favqulodda holat e’lon qilish kerak deb aytgan.

Papua Yangi Gvineya sog‘liqni saqlash vaziri Elias Kapavorening aytishicha, o‘lim odatda infeksiyani yetarlicha nazorat qilmaslik oqibatida kelib chiqadi, ammo hozircha vazirlik bu borada hech qanday xulosa chiqara olmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi