Iyun oyida sud hay’ati Anjela Faxinni 3 yoshli qizining o‘limida aybdor deb topdi va uni 25 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb yozmoqda Forum Daily.

Foto: Depositphotos

Ma’lum bo‘lishicha, 3 yoshli qizning onasi 29 yoshli Faxin va uning 48 yoshli qallig‘i Untvan Smit 2016-yilda Arkanzasdan Sakramentoga ko‘chib kelgan. Ularning uchchalovi yo‘ltanlamas mashinada yashagan.

Politsiya xabariga ko‘ra, Faxin va Smit ikki haftda davomida qizchani jazirama issiqda qoldirgan. Bir kuni ular Mayani mashinada 4,5 soatga, ertasiga esa 9,5 soatga qoldirgan va bu qizning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Atrofdagilar ayol bolasini xavf ostiga qo‘yayotgani haqida bir necha marta ogohlantirib, bolani jaziramadan saqlanish boshpanasiga yuborishni maslahat bergan, lekin u taklifni rad etgan.

Xafin va Smit 2017-yilning 28-iyunida politsiya bolani mashina ichida jonsiz yotganini aniqlaganidan so‘ng qo‘lga olingan.