Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Harbiy tergovchilar Serpuxov tumani sobiq rahbari Aleksandr Shestunning arizasiga asosan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning “K” boshqarmasi boshlig‘i Ivan Tkachyovni tergovoldi tekshiruvi doirasida so‘roq qiladi, deb xabar berdi Meduza.

Foto: “24.tv”

Foto: “24.tv”

Shestunning advokati so‘zlariga ko‘ra, general Tkachyovni so‘roq qilish jarayoni keyingi hafta bo‘lib o‘tadi.

Shestun 2019-yilning mart oyida Tergov qo‘mitasining bosh harbiy tergov boshqarmasiga Tkachyov tomonidan amalga oshirilgan tovlamachilik borasida ariza yozgan. Sobiq amaldor o‘z arizasida “ismlar, joylar, pul miqdorlari”ni keltirib o‘tgan.

Aleksandr Shestun 2018-yilning yozida firibgarlik, “pul yuvish” va noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda ayblanib qo‘lga olingan edi.

Hibsga olinguniga qadar Shestun Ivan Tkachyov undan iste’foga chiqishini talab qilgani haqidagi audiyozuvni e’lon qilgan. Sobiq amaldor Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov bilan yomon munosabatda bo‘lgani sabab Tkachyov unga bosim o‘tkazgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi