Iroqning Erbil shahrida noma’lum shaxs Turkiya elchixonasi xodimlari bo‘lgan restoranga qarata o‘t ochdi. Bu haqda mahalliy axborot xizmatlarining ma’lumotiga tayanib “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabarlarga ko‘ra, muassasaga qilingan hujum paytida bosh konsulning o‘rinbosari va unga hamroh bo‘lgan ikki nafar diplomat jabr ko‘rdi.
Turkiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy axborotida diplomatik missiyasini bajarayotgan ishchilardan birining o‘limi tasdiqlandi.
Bag‘doddagi elchixona hali boshqa diplomatlar ahvoli va qurbon bo‘lgan ishchining lavozimi haqida ma’lumot bermadi.
Izoh (0)