Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” tanlovining final bosqichi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Taraqqiyot” tanlovi

Foto: “Taraqqiyot” tanlovi

Tanlov komissiyalari tarkibida Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Davlat boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tanlovning yakuniy bosqichi natijasiga ko‘ra 50 nafar g‘olib va 100 nafar finalchi aniqlandi.

Tanlovning final bosqichida baholash mezonlari sifatida quyidagi kompetensiyalar belgilandi: boshqaruv professionalizmi, liderlik qobiliyati, tizimli fikrlash salohiyati, o‘zgarishlarga moslashuvchanlik.

50 nafar g‘olibga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichida ishtirok etgan 100 nafar ishtirokchiga esa eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi.

Shuningdek, tanlov g‘oliblari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘taydi.

Tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek, ish bilan ta’minlanganidan so‘ng tanlovning tegishli nominatsiyalari bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovka o‘taydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?