Xitoylik olimlar mamlakatning Marsda dastlabki tadqiqot missiyasini amalga oshirish uchun yaratilayotgan marsoxodni qurish ishlarini yakunladi. Bu haqda Global Times gazetasiga asoslanib , “TASS” xabar berdi.

Foto: Google Images

“Xitoy Marsga o‘zining dastlabki missiyasini 2020-yilda boshlaydi, marsoxod qurish ishlari esa allaqachon tugallandi. Missiya orbital apparat, marsoxod va qo‘nish modulini o‘z ichiga olgan”, — deyiladi gazetada.

Xitoy oy dasturi ilmiy rahbari Ouyan Sziyuanning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotning asosiy maqsadi Marsda hayot borligi alomatlarini aniqlashdir. Missiya, bunday tashqari, sayyorani kelajakda odamlar yashashi uchun qandaydir transformatsiya qilish imkoniyatiga egaligini o‘rganadi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Xitoy marsoxodi, shuningdek, Mars atmosferasi va landshaftini, uning geologiy va magnit xususiyatlarini o‘rganadi.