Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Tojikistonda ro‘y bergan ommaviy zaharlanish oqibatida 14 nafar mahbus hayotdan ko‘z yumdi. Ularning eng kattasi 52, eng yoshi esa 20 ga ham to‘lmagandi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

8-iyul, yakshanba kuni uchta maxsus mashinada 128 nafar mahbus Tojikiston shimolidagi jazoni o‘tash muassasalaridan Dushanbe, Nurek va Yavandagi qamoqxonalarga yuborilgan.

Mamlakat poytaxtiga yaqinlashganda mahbuslardan biri 16 nafar mahbus o‘rtasida nonni bo‘ladi. Non iste’molidan so‘ng ular o‘zini yomon his etadi va Dushanbega kelganda behush holatga tushadi.

Shifokorlar faqat ikki nafar mahbusni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakat bosh prokuraturasi mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘adi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedov
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi