“Roma” yarim himoyachisi Stefan al-Shaaravi faoliyatini Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubida davom ettiradi. Bu haqda klubning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Avvalroq yarim himoyachining transfer narxi bonuslardan tashqari 18 million yevroni tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Stefanning o‘zi 3 yil mobaynida 40 million yevro ishlab topadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018/19-yilgi mavsum al-Shaaravi A Seriyada 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi hamda 6 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)