Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

2019-yilning 4-iyul kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik xizmatiga Toyloq tumanidagi Mirzapolvon qishlog‘ida yashovchi H.A. murojaat qilib, yordam so‘ragan. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, 3-iyul kuni Mirzapolvon qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismida joylashgan, o‘zlashtirilgan yer maydonida dehqonchilik qilish uchun orolchaga 24 nafar mahalliy fuqaro daryoni kechib o‘tgan. Ammo suv sathi ko‘tarilganligi tufayli orolchadan yashash punktiga qaytish imkoni bo‘lmagan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Viloyat FVB boshlig‘i rahbarligida jami 4 nafar harbiy xizmatchi va 6 nafar qutqaruvchi zudlik bilan belgilangan hududga yetib bordi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan 24 nafar fuqaro tan jarohatisiz maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi