2019-yilning 23-iyun kuni Buxoro shahrida joylashgan “Humo” restoranida Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi, Buxoro shahar madaniyat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi shahar kengashi hamkorligida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan, kam ta’minlangan oila farzandlarining nikoh to‘yi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi o‘z rasmiy saytida xabar qiladi.
Ushbu marosim Buxoro shahar madaniyat bo‘limi tasarrufidagi karnay-surnaychilar guruhining chorlov musiqa sadolari ostida boshlandi. Marosim davomida madaniyat markazi san’atkorlari, folklor xalq jamoalari, zamonaviy va milliy raqs guruhlari, estrada xonandalari tomonidan go‘zal kuy va qo‘shiqlar namoyish etildi.
Shuningdek, shahar madaniyat bo‘limining foto, video studiyasi tomonidan to‘y marosimi tasvirga olinib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)