Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi barcha klublar bosh murabbiylari uchun belgilangan kiyinish tartibi (dress-kod) bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Ta’kidlanishicha, jahon futbolini kuzatishdan kelib chiqqan holda Superligada ishtirok etuvchi klublar murabbiylariga rasmiy bo‘yinbog‘ taqish majburiyati bekor qilingan. Bundan tashqari o‘yin davomida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida klubning rasmiy sport ekipirovkasida bo‘lishga ham ruxsat etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17-iyun, dushanba kuni Davron Shoqurbonov Professional futbol ligasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)