Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Farg‘onada firibgarlikni o‘ziga kasb qilib, odamlarning millionlab mablag‘larini ishlatib yuborgan o‘qituvchi sud hukmi bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Quva tumandagi 60-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Bekzod Mutaliyev osongina pul topish yo‘lini izlab, ko‘plab odamlarni chuv tushirdi. 30 yoshli bu yigit 4 marta firibgarlik bilan sudlangan bo‘lsa-da, aslo xulosa chiqarmadi.

B.Mutaliyevga jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining joriy yil 28-yanvardagi hukmiga ko‘ra, firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U jazoni o‘tashni boshlaganida 2016—2018-yilda sodir etgan boshqa jinoyatlari haqida pushaymonlik arizasini yozib, ushbu jinoyatlari uchun ham mazkur o‘tayotgan jazosiga qisman qo‘shib jazo olishni o‘yladi. Chunki firibgarning tuzog‘iga ilinganlar ko‘p bo‘lib, bir kun kelib, bari bir qilmishiga yarasha jazo olishi aniq edi.

Bekzod Farg‘ona shahrida B.Shokirovning qizini qo‘shimcha kontraktga to‘lab, Farg‘ona davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib aldaydi. Undan 12 ming AQSh dollari olib, o‘z ehtiyojiga sarflagan. Shuningdek, R. Abdullayevga tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini, faoliyatini yanada rivojlantirishi uchun 5 ming dollar kerakligini aytib pulni olib shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Sudda ma’lum bo‘lishicha, u 15 ta holatda 209 million so‘mdan ortiq mablag‘ni firibgarlik bilan qo‘lga kiritgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudining hukmiga ko‘ra, B.Mutaliyev Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblanib, unga 59-modda 8-qismiga asosan uzil-kesil to‘qqiz yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov