Hukumatning Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Qaror bilan:

Mazkur hududda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangicha yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi;

Chilonzor tumanida ko‘p kvartirali uy-joylarni professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish bo‘yicha tajriba joriy etilishi belgilandi.