Google korporatsiyasi yangiliklarni izlash vaqtida ko‘rsatilgan reklamalardan 4,5 milliard dollardan ortiq pul ishlab oldi. “Exo Moskvi”ning yozishicha, bu AQShdagi barcha OAVlarning raqamli reklamadan topgan foydasi miqdoriga deyarli teng.

Foto: Google Images

Shunday sharoitda AQSh Kongressining Vakillar palatasida yangi qonun loyihasi muhokamasi boshlangan bo‘lib, hujjat nashriyotlarga reklama pullari uchun kurashda raqamli bozor yetakchilariga qarshi birlashish imkonini beradi.