Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

6-iyun kuni, Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majlisi raisi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Qonunchilik palatasi

Foto: Qonunchilik palatasi

Mehmonlar taniqli muhaddis olim, hadis ilmining sultoni – Imom al-Buxoriy nomidagi ilmiy tadqiqot markazida bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari Imom al-Buxoriyning hayoti, uning hadis ilmiga qo‘shgan buyuk ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishib, muhaddis qabrini ziyorat qildi.

Qozog‘iston parlamenti vakillariga Imom al-Buxoriyning ma’naviy merosi yosh avlodni diniy qadriyatlarga, an’analarga, sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim dasturilamal bo‘layotgani haqida ham batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Qozog‘iston parlamenti vakillarining tashrifi davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda