Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

3-iyun kuni 32 yoshli jurnalist Yuliya Mendel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi. U ushbu lavozim uchun to‘rt mingga yaqin nomzodni ortda qoldirgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Yuliya 1986-yilning 3-sentabrida Xersonsk viloyatida tug‘ilgan. Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi. 2015—2016-yillarda Yel universiteti hamda Amerikaning eng yirik nashlari — The Wall Street Journal, The New York Times, CNN’da treninglarda qatnashgan.

ICTV, “Espresso-TV” hada “Inter” telekanallarida ishlagan, The New York Times bilan hamkorlik qiladi, Forbes va Politico nashrlari uchun maqola yozib turadi. Shuningdek, Mendel Jahon bankining Ukrainadagi vakolatxnasida media aloqlar koordinatori hisoblanadi.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Matbuot kotib lazovimiga tayinlangach Mendel o‘zining Facebook’dagi sahifasida barchaga minnatdorchilik bildirdi. “Iloji boricha ochiq bo‘lishga harakat qilamiz”, — deb yozadi Mendel.

Prezident matbuot kotibligiga tanlov e’lon qilinganida, nomzodlardan uchta tilni bilish, kun davomida ishlay olish, omma bilan ishlash, hazil hissiga ega bo‘lish talab etilgan.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?