Mauritsio Sarri “Chelsi”dan ketgan taqdirda “Yuventus”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Corriere della Sera xabar berdi.
60 yoshli mutaxassis turinliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolashga kelishib oldi. u klubda yiliga 6-7 million yevro maosh oladi.
“Aristokratlar” Sarrini qo‘yib yuborishga tayyor, ammo yakuniy qarorni klub egasi Roman Abramovich qabul qiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Turin klubi murabbiy uchun 5 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)