• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Ramazon – vaqtni tartiblashni o‘rganish fursati

    Shunday insonlar borki, vaqt qadrini anglab yetgan holda “Hayotimni belgilangan maqsadga ko‘ra o‘tkaza olmadimmikan?” degan xavotir va tashvish bilan yashaydilar. Shuningdek, yana ba’zilar keraksiz va befoyda ishlarga vaqt ajratib, eng asosiy, muhim vazifalarga vaqt topa olmay qoladi. Bu kabi odamlar hayotini ta’minlash uchun mehnat qiladi, lekin ularga 24 soatning o‘zi kam.Quyida “Muslimaat.uz” vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlashga yordam berishimumkin bo‘lgan bir nechta tavsiyalar berdi. Ulardan yangi ishlarni boshlash uchun barakali bo‘lgan Ramazon oyida foydalanishni boshlang.

    Foto: “Muslimaat.uz”

    Foto: “Muslimaat.uz”

    Televideniye va internet sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang!

    Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab eng ashaddiy vaqt o‘g‘risitelevideniye va internet hisoblanadi. Imkon qadar televizor sotib olmaslikkaharakat qiling, ammo agar buning iloji yo‘q bo‘lsa, dasturlarni ko‘rish mobaynida o‘zingizni boshqarishga intiling. Internetdan foydalanishga esa cheklovlar qo‘ying. Bunda elektron pochtangizni tekshirgandan so‘ng qilishingiz kerak bo‘lgan zarur ishlarni belgilab olishingiz mumkin.

    Uyqu vaqtingizni tartibga soling!

    Har bir inson fizik jihatdan 8 soatlik uyquga bo‘lgan ehtiyoj sezadi. Lekin ba’zi holatlarda, inson organizmi xususiyatiga ko‘ra, buning uchun 6 soat ham yetarli bo‘ladi. Tabiiyki, ikkinchi turdagi insonlar o‘z ixtiyorida birinchisiga qaraganda 2 soatlik vaqt afzalligiga ega bo‘ladi. Shuni yodda tutingki, uyqu vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlamas ekansiz, uyg‘oqlik vaqtingizni yarim uyqu holatida o‘tkazasiz. Bu esa o‘z navbatida vaqtingizning qimmatbaho daqiqalari yo‘qolishiga olib keladi.

    Kuningizni fajr namozidan boshlang!

    Ushbu vaqt inson uchun nafaqat jismoniy, balki aqliy jihatdan ham eng barakali payt hisoblanadi. Bu paytning bir daqiqalik hordig‘i inson kunduzgi charchoqlardan so‘ng tunda bir necha soatlar mobaynida olishi mumkin bo‘lgan quvvatni beradi. Ushbu fayzli vaqtni qo‘ldan chiqarib yubormang! Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam namozdan keyingi vaqtlarini quruq uyquga sarflamay, uyg‘oq o‘tkazganlar. Shunday ekan, biz ham fajr namozidan keyingi vaqtni, birinchi navbatda, o‘zimiz uchun foydali bo‘lgan ishlarga sarflamog‘imiz lozim (xohishingizga ko‘ra, tushlikdan oldin yoki so‘ng dam olib olishingiz mumkin).

    Ishlaringizni rejalashtirib oling!

    Belgilangan reja va maqsadlarga aniq rioya etuvchi inson vaqtini mazmunli o‘tkazadi. Ma’lum bir rejasi bo‘lmagan, beparvo inson esa shamolda uchib yuruvchi bargga o‘xshaydi, qimmatbaho vaqtini behuda qo‘ldan boy beradi. Kunlik, oylik, yillik yoki hatto bir necha yillik ishlaringiz rejasini tuzib olishga harakat qiling. Alloh irodasi bilan agar sizga ertangi kun nasib bo‘lsa, unda Alloh uchun nima ishlar qilgan bo‘lar edingiz?

    Shayton va o‘z nafsimiz noaniqlikni yaxshi ko‘radi. Alloh shuning uchun ham namoz, ro‘za, haj va zakot vaqtlaringizni aniq belgilab qo‘ymadimi?

    Oldingizga aniq bir maqsad qo‘ying!

    Inson hayotida maqsadini aniqlab olish va unga yetishish uchun turli imkoniyatlarga duch keladi. Vaqt o‘tishi bilan esa qachonlardir amalga oshirib bo‘lmas deb hisoblagan ishlarni ham bajara olishini anglab yetadi. Masalan, doimiy ravishda kuniga 2 sahifadan Qur’on o‘qib, yarim yil o‘tmasdan Muqaddas kitobni tugatishingiz mumkin. Lekin agar bir kun 1 juz (20 sahifa), boshqa kun esa umuman o‘qimasdan, bunga tartibsiz ravishda yondashsangiz, o‘qishni 1 yilda tugatishingiz ham dargumon bo‘lib qoladi. Shuningdek, agar kuniga 10 sahifadan kitob o‘qisangiz (bu esa ko‘pi bilan yarim soat vaqt oladi), bir oyda 1-2 kitob o‘qib chiqishingiz mumkin. Kitob o‘qishni boshlay turib, oldingizga hech qanday maqsad qo‘ymas ekansiz, ushbu kitobni qanchada tugatishingiz mumkin bo‘ladi?

    Ishingizni yarim yo‘lda qoldirmang!

    Chala ish insonning qimmatli vaqtining daqiqalarini olib qo‘yadi. Masalan, agar idishlar ovqatdan so‘ng darhol yuvilmasa, keyinchalik undagi qurib qolgan qoldiqlarni ketkizish uchun yanada ko‘proq vaqt va kuch talab qilinadi. Ushbu boy berilgan vaqtni o‘zingizga o‘zlashtiring! Yana bir holat – telefonda gaplashar ekansiz, bir narsani yozib olishingiz kerak bo‘lib qoldi. Shoshilinch ravishda uni qo‘lingizga birinchi tushgan qog‘oz parchasiga yozib qo‘ydingiz va stol chetida qoldirdingiz. Keyinchalik esa bu parcha qog‘ozni qidirish uchun yana 20 daqiqa vaqtingizni sarflaysiz! Shu tariqa har bir chala ish uchun 5 daqiqadan sarflagan holda kuningizning 1 soatini bekorga ketkazgan bo‘lasiz. Ushbu bir soat ichida yana qancha ishlaringiz bajarilmay qolib ketdi?

    Behuda ishlardan voz keching!

    Har bir inson o‘z hayotini qurar ekan, unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan ishlar bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, bir narsani so‘rash uchun dugonangizga qo‘ng‘iroq qilib, qancha vaqt so‘zlashasiz? Muhim xabarni ko‘rish uchun messenjerga kirib, u yerda qancha vaqt qolib ketasiz? Mana sizga sarflangan daqiqalar!

    Mehmonlarning kelish va ketish vaqtlarini aniqlashtirib oling!

    Do‘stlaringizdan biri tushdan so‘ng siznikiga mehmon sifatida tashrif buyurmoqchi ekanini xabar berdi va siz mamnuniyat bilan rozi bo‘ldingiz. Lekin u qachon keladi, soat birdami yoki ikkida? Noma’lum! Natijada esa do‘stingizni kutib o‘tkazilgan vaqt sizni foydali ishlardan butkul uzib qo‘ydi. Vaqt keraksiz suhbatlarda befoyda ketayotgan bo‘lsa-chi? Balki agar har birimiz Alloh tomonidan bizga hadya etilgan vaqtning qadrini yanada anglab yetganimizda ushbu vaqt bizga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lar edi.Do‘stingizni ziyorat etish uchun vaqt ajratar ekansiz, unga borish va ketish vaqtingizning ham xabarini yetkazing.

    Bo‘sh daqiqalaringizni qadrlang!

    Bugun bekatda avtobusingizni kutishga qancha vaqt sarfladingiz? Kutishga bir necha daqiqa vaqt ketadi. Bir inson bilan ko‘rishish uchun uni kabinetingizda kutgan holda 15 daqiqa vaqtingiz ketdi. Bularning hammasi behuda tushib qolgan daqiqalar hisoblanadi. Ushbu vaqtni kitob o‘qib yoki Allohga tasbeh aytib (Allohni zikr qilish yoki ma’lum duolarni o‘qish), foydali mavzular haqida fikr yuritib o‘tkazganimiz yaxshiroq emasmi? Uyingizda o‘tkazilgan bo‘sh vaqtlarning asosiysi esa uyqudan turishingiz va nonushta, shuningdek, kechki payt va tushlik oralig‘idagi vaqtlarga to‘g‘ri keladi. 1-2 soatni qanday foydali mashg‘ulotlarga sarf qilishingiz mumkinligiga e’tibor bering.

    Ixtiyoringizdagilar bilan kifoyalanib qolmasligingiz lozim!

    Har bir insonning qobiliyat va tajribalari turlicha va o‘zgaruvchandir. Ushbu beqarorlikda esa bizning qilayotgan xafsalamiz va mehnatlarimiz katta ahamiyat kasb etadi. Hayotiy sarmoyasini qadrlab, unga tegishlicha e’tibor qaratayotgan insonga Alloh barcha muvaffaqiyat eshiklarini ochib qo‘yadi. Bunda Allohga muvaffaq qilishini so‘rab duoda bo‘lish ham eng asosiy omillardan biridir.

    02.06.2019, 08:34   Izoh (0)   40676
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uyni konditsionersiz salqinlatishning 7 usuli

    11.06.2018, 18:21

    Kedalarni qanday qilib oson tozalash mumkin?

    29.04.2018, 15:26

    Ko‘p vazifalilik kishi ongiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    25.04.2018, 17:38

    Unumdorlik va salomatlikni yaxshilashga yordam beruvchi 5 maslahat

    25.04.2018, 17:00

    Ortiqcha vaznni tez yo‘qotishga yordam beruvchi 6 oziq-ovqat

    23.04.2018, 15:27

    Irodani  chiniqtirishning  4  usuli

    11.04.2018, 05:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.