Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jinoyat ishlari Kattaqo‘rg‘on tuman sudida ayolni zo‘rlab, unga tegishli pista mahsulotlarini talon-taroj qilgan yigitning sudi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2017-yil 1-sentabr kuni K.S. soat taxminan 5:00 atrofida Kattaqo‘rg‘on tumani “Kattaqora” qishlog‘ining dala-dasht ovloq yerida temir yo‘l bo‘ylab piyoda “Omonkalxat” qishlog‘i tomonga ketayotgan O.J.ni yolg‘izligidan foydalanib, kuch ishlatib, qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan uni zo‘rlab jinsiy aloqada bo‘lgan. Bundan tashqari, K.S. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, O.J.ning yonida bo‘lgan bahosi 250 000 so‘mlik 15 kilogramm pista mahsulotini talon-taroj qilib voqea joyidan qochib ketgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudlanuvchi K.S. o‘ziga qo‘yilgan aybga qisman iqrorlik bildirgan. Uning sudda aniqlangan jinoyatlarni sodir etganlikdagi aybi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlari hamda ish bo‘yicha yig‘ilgan dalillar yig‘indisi bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining sudyasi M.Sheryigitovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, sudlanuvchi K.S. Jinoyat Kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-ismi va 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatim yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib talonchilik qilish) bilan aybli deb topilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi