16-may kuni Shanxayda joylashgan fabrikaning bir ming kvadrat metrga teng bo‘lgan tom qismi qulab tushdi. “TASS” bergan xabarlarga ko‘ra, fabrikada rekonstruksiya ishlari olib borilgan.

Foto: “People’s Daily”

Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 ga yaqin odam vayronalar ostida qolgan. Jabrlanganlar haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q.

Hodisa ro‘y bergan joyda qutqaruv operatsiyasi davom etayotgani, qutqaruvchilar uch kishini vayronalar ostidan olib chiqqani aytilmoqda.