Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joriy yilning 13-may kuni Moldova Respublikasi fuqarosi 31 yoshli K.V. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasida noma’lum ayol bilan “Nizomiddin Anro-omad” fermer xo‘jaligi paxta ekin dalasiga kirib, paxta ekin dalasining 0,1 ga maydonini avtomashinada payhon qilib, moddiy zarar yetkazgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

K.V.ga qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.