Brand Finance agentligi eng qimmat futbol klublari brendlarining yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra “Real Madrid” dunyodagi eng qimmat futbol brendi deya e’tirof etildi. Klub 1,646 milliard yevroni tashkil etadi.
Undan keyingi o‘rinlarni “Manchester Yunayted” (1,472 milliard yevro), “Barselona” (1,393), “Bavariya” (1,314), “Manchester Siti” (1,255), “Liverpul” (1,191), “Chelsi” (968), PSJ (914), “Arsenal” (885) va “Tottenhem” (758) klublari egallagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!