Majburiy ijro byurosi Chirchiq shahar bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining, fuqaro Sh. Valiyeva foydasiga sobiq turmush o‘rtog‘i fuqaro M. Valiyevdan turmush davrida olingan Orlando rusumli avtomashinasining ½ ulushi ya’ni 62 250 000 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan, bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Majburiy ijro byurosi

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida, 13-may kuni sud qarorida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari to‘liq undirib berilib, ijro hujjati tamomlangan.