“Barselona” “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann uchun yiliga 17 million yevro to‘lashga tayyor. Bu haqda L’Equipe xabar berdi.

Foto: Sportbox

Nashrning ta’kidlashicha, Kataloniya klubi yaqin kunlarda fransiyalik futbolchi borasida bir qarorga keladi. Ma’lumot uchun, Grizmanning “Atletiko” bilan tuzgan shartnomasida futbolchining tovon puli 200 million yevroni tashkil etishi ko‘rsatilgan. 1-iyuldan esa ushbu mablag‘ 120 millionga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antuan Grizman mavsum oxirida Madrid klubini tark etishi haqida rasmiy xabar berilgandi.

Qayd etish joiz, u 2014-yildan buyon “matraschilar” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Shu vaqtga qadar Antuan klub bilan birgalikda uchta sovrinni qo‘lga kiritdi. Shu jumladan, Ispaniya Superkubogi hamda UEFA Superkubogida chempionlikni tantana qildi.

28 yoshli hujumchi joriy mavsum La Ligada 36 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!