Andijon viloyati Bo‘z tumanidagi 6-umumta’lim maktabida 2000-yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Muhammadqodir Abdullayev boks maktabi tashkil etildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

15-may kuni o‘tkazilgan muassasaning ochilish marosimida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Muhammadqodir Abdullayev, boks bo‘yicha jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlari sovrindori O‘tkirbek Haydarov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyat hokimligi mutasaddilari, o‘quvchi-yoshlar va boshqalar ishtirok etdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Muhammadqodir Abdullayev ushbu muassasa tuman yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda bo‘lg‘usi chempionlarni tayyorlash niyatida tashkil etilganligini ma’lum qildi.

Boks maktabi yoshlarning boks bilan shug‘ullanishlari uchun barcha zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Yoshlarga ushbu sport turi sir-asrorlarini o‘rgatish uchun malakali mutaxassislar jalb qilindi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!