Turkiya O‘zbekiston avtotashuvchilari uchun 30 kun muddatga vizasiz kirish tartibini joriy qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Podrobno.uz”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 9-may kuni tegishli qarorga imzo chekdi va u 2019-yilning 10-mayidan kuchga kirdi.

Malumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining Turkiyaga tashrifi chog‘ida 2017-yil 25-oktabr kuni Yo‘lovchi va yuklarni avtomobillarda xalqaro tashuvlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolangandi.