“Tottenhem” yarim himoyachisi Lukas Moura “Ayaks”ga qarshi kechgan Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 finali javob o‘yinining 55, 59 va 90+6-daqiqalarida gol urib het-trikka erishdi (3:2).
26 yoshli braziliyalik mazkur musobaqa yarim finalining bitta uchrashuvida raqib darvozasiga 3 ta gol urgan beshinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Undan oldin quyidagi futbolchilar ham YChL yarim finallarida 3 ta gol urishning uddasidan chiqqandi:
- Alessandro Del Pyero
- Ivitsa Olich
- Robert Levandovski
- Krishtianu Ronaldu
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)