7-may, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turida Andrey Fyodorov boshqaruvidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi BAAning “Al-Vahda” jamoasi mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuv davomida toshkentliklar futbolchisi Temurxo‘ja Abduholiqov (48) urgan golga mezbon jamoa Sebastyan Tagliabyue (59), Leonardo (77, penalti), Halil Ibrohimning (90) gollari bilan javob qaytardi. Shu tariqa “temiryo‘lchilar” safarda “Al-Vahda”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mazkur o‘yindan so‘ng “Lokomotiv” 4 ochko bilan guruh jadvalida 3-o‘rinni egallab, muddatidan avval guruhdan chiqa olmasligi ma’lum bo‘ldi. 12 ochko jamg‘argan “Al-Vahda” esa guruhda peshqadamlik qilmoqda.
“B” guruhidagi holat:
OChL
5-tur bahslari
7-may, seshanba
“B” guruhi
“Al-Vahda”—“Lokomotiv” 3:1
Gollar: 0:1 — 48 Temurxo‘ja Abduholiqov, 1:1 — 59 Sebastyan Tagliabyue, 2:1 — 77, penalti, Leonardo, 3:1 — 90 Halil Ibrohim“Al-Vahda”: Muhammad al-Shamsi, Muhammad al-Menhali, Hamdan al-Kamoli, Ismoil Matar (Tahnun, 90), Sebastyan Tagliabyue, Nozim al-Maazm (Mansur al-Harbi, 72), Rim Chang Vu, Ahmad al-Mehrzi, Leonardo, Hussayn Abbos, Halil Ibrohim
“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Anzur Ismoilov, Igor Yelich, Davron Hoshimov, Yovan Jokich, Azizbek Haydarov (Diyorjon Turopov, 58), Arslonmurod Omonov, Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov (Filipp Rayevats, 78), Temurxo‘ja Abduholiqov
Ogohlantirishlar: Ahmad al-Mehrzi (37), Davron Hoshimov (65), Leonardo (56)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)