Jahonning ko‘plab davlatlarida Instagram ijtimoiy tarmog‘i ishida uzilishlar kuzatildi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari va mazkur ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining o‘zlari xabar bermoqda, deya ma’lum qiladi “RIA Novosti”

Foto: Depositphotos

Uzilishlar 1-may kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 dan so‘ng kuzatila boshlangan. Muammoga AQSh, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi foydalanuvchilar duch kelgan.

Downdetector saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Instagram foydalanuvchilarining 53 foizi yangiliklar lentasidan, 32 foizi — avtorizatsiyadan, 14 foizi esa ijtimoiy tarmoqning veb-sayti yaxshi ishlamayotganidan shikoyat qilmoqda.