26-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 6-turining markaziy o‘yinlaridan birida Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida Mirjalol Qosimov boshliq OKMK bilan jang qildi.
Bellashuv davomida qarshiliklar a’zolari Humoyun Murtozayev (9, 66), Boburbek Davlatov (14) hamda Dilshod Saitov (53) kiritgan gollar “Nasaf”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Qarshi klubi ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mirjalol Qosimov jamoasi hisobida esa 4 ochko mavjud va klub musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Superliga
6-tur bahsi
26-aprel, juma
“Nasaf”—OKMK 4:0
Gollar: 1:0 — 9 Humoyun Murtozayev, 2:0 — 14 Boburbek Davlatov, 3:0 — 53 Dilshod Saitov, 4:0 — 66 Humoyun Murtozayev“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Azizjon G‘aniyev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtozayev, Doniyor Narzullayev (Sharof Muhitdinov, 74), Boburbek Davlatov, Sardor Abduraimov (Bobur Abduholiqov, 80), Islom Kenjaboyev (Oybek Bozorov, 63), Xurshidbek Muxtorov, Umar Eshmurodov
OKMK: Suxrob Sultonov, Mirjamol Qosimov (San’at Shixov, 67), Dilshod Jo‘rayev, Zohir Pirimov ( Shahboz Umarov, 32), Murodjon Toshmatov, Jasur Hasanov, Mirg‘iyos Sulaymonov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Saydullo Rahmatov, Boburbek Yo‘ldoshov, Shahzodbek Nurmatov (Jasurbek Hakimov, 77)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)