Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

25-aprel, payshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati yarim finali doirasida o‘zbekistonlik so‘nggi bokschining (erkaklar) jangi ham nihoyasiga yetdi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

+91 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov yarim final jangida suriyalik Muhammad Mulayesga qarshi ringga chiqdi. Bahodir jangda katta ustunlikka ega bo‘lib, ochkolar hisobiga raqibini mag‘lub etib, final yo‘llanmasini o‘ziniki qildi.

Shu tariqa Osiyo chempionati finaliga chiqqan o‘zbekistonlik bokschilar soni 5 nafarga yetdi.

Avvalroq erkaklar o‘rtasida Nodirjon MirzaahmedovMiraziz Mirzahalilov, Sanjar Tursunov hamda Bobousmon Boturov yarim final janglarida raqiblarini mag‘lub etib, finalga chiqqan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi