Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonlik Qozimbek Sobirov rossiyalik bloger Xiza (@khiza_13) o‘zining Instagram sahifasida o‘ynalgan Porsche Cayenne mashinasini yutib oldi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Foto: Repost

Foto: Repost

Tanlov shartiga ko‘ra, bloger o‘z obunachilari orasida uchta sport-kar o‘ynagan. Tanlovda ishtirok etish uchun Instagram sahifasida #TachkiOtXizi xeshtegi ostita surat joylash kerak bo‘lgan. Bir necha kun ichida ushbu xeshteg ostida 30 mingdan ortiq suratlar joylangan. Shundan so‘ng bloger tasodifiy tanlash yo‘li orqali g‘oliblarni aniqlagan.

Tanlov g‘olibi ma’lum qilinganidan so‘ng o‘zbekistonlik g‘olibning sahifasiga obuna bo‘lgan foydalanuvchilarning soni 11 mingdan oshgan. Biroq ko‘p o‘tmay, uning sahifasiga kirib bo‘lmay qolgan (aftidan, u buzilgan).

Lekin blogerning o‘zi mashinani haqiqatan ham o‘zbekistonlik yigit yutib olganini tasdiqlagan. U mashina topshirilishi bilan bog‘liq tafsilotlarni bir necha kundan so‘ng baham ko‘rishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik yigit Laziz Hoshimov rossiyalik bloger Mixail Litvindan Bentley mashinasini yutib olgani haqida xabar bergan edik.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Bayden va Makronning yuzma-yuz uchrashuvi sanasi ma’lum qilindi
Biznes
4,2 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotilgan: O‘tgan haftada birja savdolarida pasayish kuzatildi
Madaniyat
“Burakning tuflisini yalashga tayyor bo‘lgan ayollarimizni ko‘rib, achindim”. Matyoqub Matchonov o‘zbek ayollarining turk aktyori bilan rasmga tushish uchun qilgan...