Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Namangan shahri, “Yangi asr” mahallasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan O.M. Namangan shahridagi chorva mollari bozorida qarindoshi M.M. (1993-yilda tug‘ilgan) bilan o‘zaro qarz oldi-berdisi masalasida janjallashib qolganlarida bozordagi fuqarolar tomonidan ajratilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Foto: Sputnilk

Foto: Sputnilk

Shunga qaramay, O.M. janjaldan so‘ng M.M.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uning orqa tomonidan hujum qilib, bir necha marotaba pichoq urgan, biroq jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda oxiriga yetkaza olmay, hodisa joyidan qochib yashiringan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlar natijasida M.M.ning hayoti saqlab qolingan.

Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida Namangan shahar prokuraturasi tomonidan O.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak