Turkiyalik harbiylar 20-aprel kuni Toshkent aeroportida kutib olindi, deya xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. Ular shu yerning o‘zidan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga yo‘l oldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

22—27-aprel kunlari “Forish” poligonida O‘zbekiston—Pokiston—Turkiya hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2019-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, 20-aprel oqshomida Pokiston harbiy delegatsiyasi ham Toshkentga uchib kelishi kutilayotgan edi.