Ikki kundan buyon davom etayotgan yog‘ingarchilik oqibatida Samarqand viloyatining tog‘li hududi hisoblangan Qo‘shrabot tumanida sel kelgan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, kuchli sel yo‘llarni yuvib ketgan. Hozircha talafotlar va jabrlanuvchilar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.