Guliston shahrida “O‘qituvchi” brendi ostidagi birinchi Bookcafe qurib bitkazildi, deb ma’lum qildi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Komil Allamjonov.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishida davlat rahbari beshta muhim tashabbusni taklif qilgan edi. Ana shu tashabbus doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Guliston shahrida “O‘qituvchi” brendi ostidagi birinchi Bookcafe qurib bitkazildi. Ushbu majmua bir oyda minglab kitobxonga xizmat ko‘rsatishi mumkin, deyiladi xabarda.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Endilikda bu yerda o‘quvchilar, talabalar va barcha kitobxonlar o‘zlariga yoqqan kitobni tanlab o‘qishi va xarid qilishi mumkin.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Agentlik tizimidagi nashriyotlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri, arzon narxlarda olib kelingan 10 mingdan ortiq badiiy adabiyot va boshqa kitoblar kitobxonlarimizga manzur keladi, degan umiddamiz.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

5 ta tashabbus doirasidagi ushbu loyihani yurtimizning har bir hududida amalga oshiramiz. Mehnatkash Sirdaryo xalqiga esa yana bir ma’rifat o‘chog‘i muborak bo‘lsin, deymiz, deyiladi xabarda.