Sidneydagi bog‘da “Taxtlar o‘yini”da halok bo‘lgan personajlar qabristoni paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Foto: Twitter

Keng miqyosli installyatsiyalar Avstraliyaning Foxtel telekanali tomonidan final mavsumning premyerasidan oldin yaratilgan.

Grave of Thrones (“Taxtlar qabristoni”) maydonida dongdor qo‘shinlar va oddiy askarlarning sag‘anasi o‘rnatilgan.

Finder nashrining hisobiga ko‘ra, filmning yettita mavsumi davomida umumiy hisobda 100 minglab odamlar halok bo‘lgan.

Foto: Twitter/Adsoftheworld

Foto: Twitter/Adsoftheworld