Ijtimoiy tarmoqlarda Shomahmudovlar oilasiga atalgan haykalga chiqib selfi qilgan qiz videosi tarqaldi, deb yozadi Repost.

Foto: Repost

Qayd etilishicha, ikki soat ichida videoni minglab odamlar tomosha qilgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari videodagi qizni topib, Shomahmudovlar oilasi haykaliga hurmatsizlik qilgani uchun jazolash kerakligini aytgan.