• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Muftiy Usmonxon Alimov Shayxontohur tumanida yong‘indan jabr ko‘rgan xonadonlarga tashrif buyurdi

    8-aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yong‘indan jabr ko‘rgan sakkizta xonadon ahllaridan xabar oldi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

    Joriy yilning 18-mart kuni poytaxtning Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasidagi “Ko‘kcha Darboza”, “Fuzuliy” va “Omon Muxtorov” ko‘chalarida joylashgan sakkizta xonadonda kuchli yong‘in bo‘lib, uylarning hammasi barcha jihozlari bilan yonib ketgan va 65 kishi boshpanasiz qolgan edi. Yong‘in xavfsizligi xodimlarining tezkorligi va mahalla ahlining uyushqoqligi tufayli hech kim jarohatlanmadi.

    “Muftiy hazratlari aziyat chekkanlarga tasalli berib, ko‘ngillarini ko‘taradigan gaplarni aytib, bunday talofatda qilgan sabrlari ajru savoblarga noil bo‘lishini so‘zlab berdilar. Shuningdek, ushbu xonadonlarga mahalla ahli astoydil yordam ko‘rsatayotgani, yong‘in bo‘lgan xonadonlarni qayta qurish ishlari hashar yo‘li bilan barpo etilayotganiga e’tibor qaratdilar va ana shunday og‘ir damlarda mahalla ahlining ittifoqligi juda katta oliy fazilat ekanini ta’kidladilar.

    Mo‘minlarning bir-birlariga mehribonligiga misol qilib, Saodat asrida Makkadan Madinaga hazrati Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi va sallam bilan birga ko‘chib borgan mo‘min-musulmonlarga mahalliy aholi o‘zlarining uylaridan joy berganlari, o‘zlarining eng yaxshi ko‘rgan narsalarini in’om etganlarini aytib berdilar”, — deyiladi xabarda.

    Suhbatda mahalla ahli yong‘in sodir bo‘lgan kuniyoq oqsoqol Baxtiyor Karimov boshchiligida shtab tuzilgani, barcha zaruriy yordam va tashkiliy ishlar ushbu shtab orqali amalga oshirilayotganini bildirdi.

    Shuningdek, “Oqlon” jome masjidi imom-xatibi Sobir qori Rustamov tashabbusi bilan saxovatpesha insonlar uzluksiz ravishda xayriya qilib turganini aytdi.

    So‘ngra “Oqlon” jome masjidida peshin namozini mahalla jamoasi bilan birga ado etdi. Namozdan so‘ng masjid qavmi bilan suhbatlashayotib, jumladan, bunday dedi:

    “Alloh taboraka va taologa beadad shukronalar bo‘lsinki, yurtimizga juda ham ulug‘ ne’matlar, tinchlik-osoyishtalikni berdi. Bugun Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilyapti. Ulug‘ allomalarmangu qo‘nim topgan joylarni obod qilishga katta e’tibor berilyapti. Davlatimiz rahbari yaqindagina Buxoro va Surxondaryo viloyatlariga tashriflari chog‘ida tabarruk joylarni ziyorat qilib, o‘sha joylarni yanada obod go‘shalarga aylantirish va ularning ma’naviy meroslarini xalqimizga yetkazish yuzasidan muhim tavsiyalar berdilar.

    Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning: ‘Musulmon musulmonning birodaridir. Kim o‘z birodarining hojatini chiqarsa, Alloh uning hojatini chiqaradi. Kim bir musulmonni g‘amdan forig‘ qilsa, Alloh undan qiyomat kunining g‘amlaridan bir g‘amni forig‘ qiladi’, degan hadisi shariflariga ergashgan mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib, yoru birodarlarining boshiga tushgan tashvishga sherik bo‘lib, o‘zlarining katta yordamlarini berayotganliklari bizni juda ham xursand qildi. Bu ayni mo‘minlik sifatidir”.

    Qad rostlayotgan xonadonlar birining poydevoriga muftiy hazratlari va mo‘ysafid otaxonlar birinchi g‘ishtni qo‘yib, eng ezgu duolarni qildilar, deyiladi xabarda.

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
    10.04.2019, 11:23   Izoh (0)   19685
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Qashqadaryo xalqi muammosini o‘rganishni boshladi

    10.04.2019, 10:41

    Navoiyda 1 milliard so‘mga yong‘in o‘chirish posti foydalanishga topshirildi

    10.04.2019, 10:38

    Milliy gvardiya samarqandlik fuqaroning stadioni olib qo‘yilayotgani haqidagi gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi (video)

    10.04.2019, 10:26

    FVV: Buxorodagi toshqinlarda fuqarolar jarohat olishi va binolar qulashi kuzatilmadi

    10.04.2019, 10:21

    Toshkentning uchta tumanida suv bir kunga o‘chiriladi

    10.04.2019, 10:00

    O‘zbekistonning yaqin do‘sti Shirin Akiner 76 yoshida olamdan o‘tdi

    10.04.2019, 09:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 16:14

    Xitoy tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzod g‘oyib bo‘ldi — WSJ

    Dunyo | 11 avgust, 16:00

    Amerikalik sharhlovchi Bahodir Jalolov kimga qarshi jang qilish kerakligini aytdi

    Sport | 11 avgust, 15:45

    Xitoyda ishsiz aholi ofislarga pul to‘lab, o‘zlarini ishlayotgandek tutmoqda

    Layfstayl | 11 avgust, 15:45

    IIB xodimi tomonidan kaltaklangani aytilgan ayol voqeasi o‘rganilmoqda — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 11 avgust, 15:36

    O‘zbekistonda norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.