9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero “Tottenhem” darvozasiga penaltidan gol ura olmadi (0:1).
Bu argentinalikning mazkur musobaqadagi muvaffaqiyatsiz ijro etilgan 4-penaltisi bo‘ldi. U ushbu ko‘rsatkichda “Manchester Yunayted” va “Real” sobiq hujumchisi Rud van Nistelroyga yetib oldi.
Bu borada “Arsenal” hamda “Barselona” sobiq hujumchisi Tyerri Anri antirekordchi hisoblanadi. Uning hisobida muvaffaqiyatsiz amalga oshgan 5 ta 11 metrlik jarima zarbasi mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)