“Million” jamoasining sardori Davron Qobulov “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi.

Foto: “Daryo”

Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Davron Qobulov suhbat davomida ilk marotaba Rossiyaning 4 ta shahrida “Million” jamoasining konsert dasturi bo‘lib o‘tishi haqida gapirib berdi.

‘Xalqlar do‘stligi’ san’at saroyida 1-10 aprelga qadar ‘Million’ jamoasining konserti bo‘lib o‘tadi. Undan so‘ng 11—15-aprelgacha Rossiyaning 4 ta shahrida Yekaterinburg, Kazan, Moskva hamda Sankt-Peterburg shaharlarida ilk bora ‘Million’ jamoasining konserti bo‘lib o‘tadi. Konsert dasturlarini o‘zimiz tashkillashtirib, barcha to‘lovlarni ham amalga oshirib bo‘ldik. Xudo xohlasa aprel oyining oxirgi kunlarida AQShda konsert berish rejamizga kiritilgan. Nasib bo‘lsa ramazon oyidan keyin viloyatlarimizda konsert berish niyatimiz ham bor. Bundan tashqari Janubiy Koreya, Turkiya davlatlariga ham safar uyushtirishni niyat qilganmiz.

Davron Qobulov, “Million” jamoasining sardori 

“Million” jamoasining Rossiya Federatsiyasida ilk marotaba konsert dasturi taqdim qilishi uchun tayyorlangan qiziqarli video lavhada, jamoa sardori Davron Qobulov “bagajda menga ham joy yo‘qmi”, deya lavhani yakunlagan.