Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Tergov qo‘mitasi 2017-yil 3-aprelida sodir etilgan terakni amalga oshirishda gumon qilinayotgan Akbarjon Jalilovning metroga kirishiga to‘sqinlik qilmagan Sankt-Peterburg metrosining transport xavfsizligi inspektori Konstantin Ippolitovga nisbatan ochilgan jinoyat ishini bekor qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Ippolitov 2017-yil 3-aprelda terrorist metroga kirgan “Akademicheskaya” metro stantsiyasida inspektorlar almashinuvini nazorat qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, tergovchilar Ippolitov inspektorlar almashuvini tashkillashtirmaganini ta’kidlagan. Xususan, u kasal bo‘lib qolgan xodim o‘rniga tekshiruv qurilmasidan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan ikki nafar stajyorni qo‘ygan va o‘zi ham tekshiruvda ishtirok etmagan.

2-aprel kuni Sankt-Peterburg sudi metroda sodir bo‘lga terakt ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchi sifatida 11 kishi jalb qilingan, ularning barchasi o‘zining aybsizligini ta’kidlamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi