Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi yurib ketayotgan avtomobil oynasidan ichkariga kirishga urinayotgani aks etgan video tarqaldi. “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion tahliliy dasturi ijodkorlari holatga aniqlik kiritdi.

Foto: Kadr / YouTube

Qayd etilishicha, hodisa 25-mart kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yuz bergan. Nexia haydovchisi yo‘l harakati qoidasini buzib, YPX inspektorining qonuniy talabini bajarmagan.

YPX xodimi dastlab qoidabuzar haydovchini to‘xtatishga urinib, avtomobil kapoti ustiga chiqqan, keyin esa mashina ichiga oyna orqali kirishga urindi.

YPX xodimi haydovchini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi.

Holat yuzasidan qoidabuzar haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan, avtomobil esa jarima maydoniga yuborilgan.