Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatida “Tuyabo‘g‘iz” kichik gidroelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Foto: “Xalq so‘zi”

Ushbu inshoot mustaqil O‘zbekiston tarixida foydalanishga topshirilgan birinchi GES sanaladi.

GESning loyihaviy qiymati 15,8 million dollarga teng bo‘lib, shundan 8,1 million dollari Xitoy “Eksimbank”i tomonidan moliyalashtirildi.

Tuyabo‘g‘iz suv ombori qoshidagi ushbu kichik GES 14 oy ichida qurib bitkazildi. Ilgari bunday inshootni barpo etish uchun kamida uch yil vaqt sarflanar edi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Foto: “Xalq so‘zi”

GESning umumiy quvvati 11,4 megavattga teng. Bu bilan yiliga o‘rtacha 41,2 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, 1600 xonadonning elektr tokiga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq ta’minlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi