Shavkat Mirziyoyev prezident Joko Vidodo va Indoneziya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Indoneziyaning Papua muzofotida kuchli sel kelishi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.