14-mart, payshanba kuni soat 02:32 da O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida davomli zilzila sodir bo‘ldi.

Foto: EMSC

Yevropa va O‘rtayer dengizi seysmostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazida uning magnitudasi 4,7 ga teng bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila epimarkazi Toshkentdan 28 km uzoqlikda joylashgan.

O‘zbekiston FVVning xabar berishicha, Toshkent shahrida zilzila kuchi 4 ballga, Guliston va Jizzaxda 2 ballga teng bo‘ldi.

Boshqa shaharlarda seysmik faollik kuzatilmadi. Vayronagarchiliklar va jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.